Suryoniy tili
Qiyofa
| Suryoniy tili | |
|---|---|
| Milliy nomi | ܠܫܢܐ ܣܘܪܝܝܐ |
| Mamlakatlar | Turkiya[1] |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 575 000[2] |
| Alifbosi | Suryoniy yozuvi va Estrangela |
| Til kodlari | |
| ISO 639-2 | syc[3] |
| ISO 639-3 | syc[3] |
Suryoniy tili (ܠܫܢܐ ܣܘܪܝܝܐ) — somhom tillari oilasiga mansub oromiy tillarining sharqiy guruhidagi oʻlik tillardan biri; Yuqori Mesopotamiyadagi qad. Edessa hududidan Erongacha tarqalgan. Mil. III asrdan Old Osiyodagi oromiy tilida soʻzlashuvchi xristianlarning adabiy tili boʻlgan. VIII asrdan boshlab Suryoniy tili asta sekin arab tili tomonidan siqib chiqarilgan. Hozirgi vaqtda Eron, Iroq, Suriya va boshqa mamlakatlarda yashovchi nasturiylar va yaʼqubiylarning ibodat tili hisoblanadi. Yozuvi oromiy yozuvidan kelib chiqqan suryoniy alifbosining 3 ta koʻrinishi [estrangelo, serto va nasturiy]ga asoslangan. Unda mil. I asr ga mansub oʻyma yozuv matnlari, III—XIV asrlarga mansub boy xristian diniy adabiyoti mavjud.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Jahon tillaridan biri haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |